O‘zbekiston spesnazlari AQShga jo‘nab ketdi

© Minoboroni RUzSpesnaz Uzbekistana
Spesnaz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi maxsus bo‘linma harbiy xizmatchilari AQShning Kemp-Shelbi harbiy bazasida bo‘lib o‘tayotgan "Janubiy zarba" hamkorlikdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etishapti

TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. O‘zbekiston maxsus bo‘linma harbiylari birinchi marta AQShdagi mashg‘ulotlarda qatnashmoqda, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

Voyennoslujashie uzbekskoy armii - Sputnik O‘zbekiston
Shakl va mazmun: o‘zbek armiyasi nega libosini yangilamoqda

"O‘zbekiston Mudofaa vazirligi maxsus bo‘linma harbiy xizmatchilari 11-yanvardan AQShning Kemp-Shelbi harbiy bazasi (Missisipi shtati)da bo‘lib o‘tayotgan "Janubiy zarba" hamkorlikdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etishapti. Ular bugungi kunga qadar ikkita hamkorlikdagi mashqlarni o‘tkazishdi", - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Abdusalom Azizov boshchiligidagi harbiy delegatsiya mazkur mashg‘ulotlarning uchinchi – asosiy fazasini kuzatish uchun AQShga jo‘nab ketdi.

 "Janubiy zarba" taktik mashg‘ulotlari – Missisipi shtati Milliy gvardiyasi tomonidan Galfport shahrida joylashgan jangovar tayyorgarlik va birlashgan kuchlarning Kemp-Shelbi o‘quv bazalarida o‘tkaziladigan yirik o‘quv-jangovar mashg‘ulotlari hisoblanadi. O‘quv mashg‘ulotlari barcha qo‘shin turlari hamda qo‘riqlov bo‘linmalari, zaxira kuchlari va doimiy qo‘shinlar uchun amaliyotda jangovar shaylikni ushlab turish hamda AQSh va asosiy ittifoq qurolli kuchlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini ta’minlash kabi maqsadlarni o‘z ichiga oladi.

Mazkur keng miqyosdagi mashg‘ulotlarda Kanada, Chili va Niderlandiya harbiylari ham qatnashmoqda.

AQShga rasmiy tashrif davomida O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Tampa shahridagi (Florida shtati) CENTCOM bosh qarorgohiga ham tashrif buyurib, uning rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0