Hodisalar

Fargʻonada 3,5 million dollarni olib chiqib ketishga uringan shaxslar ushlandi

DXX tezkor tadbiri davomida Toshkentdan Qirgʻizistonga olib ketilayotgan 3,5 mln AQSH dollari aniqlandi.

TOSHKENT, 27 yanv – Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Far-ona viloyati hududidan 3,5 mln dollarni Qirgʻizistonga olib chiqib ketishga uringan bir necha kishilar ushladi, deb xabar qilmoqda “Oʻzbekiston 24” telekanali.

Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston valyuta kurslari: dollar yana koʻtarildi

Xabarda aytilishiga koʻra, oʻtkazilgan tezkor tadbir doirasida “Fargʻona—Yuqori Vodil” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan Nexia avtomobili ichida va Vodil qishlogʻida yashovchi A.D.ning xonadonidan topilgan mablagʻlarning jami 1,763 million dollarni tashkil etgan.

Shuningdek, Qirgʻizistonda tugʻilib oʻsgan 56 yoshli A.YO.ning avtomashinasi ham koʻzdan kechirilganda, 35 dona oʻramda jami 1 771 650 AQSH dollari topilgan. Aniqlanishicha, ushbu mablagʻlar Toshkentdan Qirgʻizistonga oʻtkazib berishi kerak boʻlgan.

Tezkor tadbir doirasida qonunbuzarlardan jami 3 534 650 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Pullarning haqiqiy egalarini aniqlash boʻyicha ham zarur choralar koʻrilmoqda, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala