Jamiyat

Nesterov Saudiya jamoasiga oʻtdi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaIgnatiy Nesterov - vratar sbornoy Uzbekistana
Ignatiy Nesterov - vratar sbornoy Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston terma jamoasi darvozaboni Nesterov Saudiya Arabistonining "Uhud" jamoasiga oʻtdi.

TOSHKENT, 27 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston terma jamoasining yengilmas darvozaboni Ignatiy Nesterov Saudiya jamoasiga oʻtdi, deb xabar qilmoqda OʻFA oʻzining telegram kanalida. 

"Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov "Lokomotiv" klubidan Saudiya Arabistonining "Uhud" jamoasiga oʻtdi. Ignatiy Nesterovga yangi jamoasida omad yor boʻlishini tilab qolamiz!", - deyilgan xabarda. 

Ignatiy Mixiylovich Nesterov, 1983 yilda tugʻilgan, 35 yoshda. Oʻzbekiston jamoasining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri hisoblanadi. Nesterov Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi, Osiyo kubogida 5 marotaba ishtirok etib oʻziga xos rekord oʻrnatgan.

Nesterov futbolda karyerasini Samarqandning “Dinamo” jamoasida boshlab, keyin Toshkentning “Paxtakor”, “Bundyodkor” va “Lokomotiv” jamoalarida toʻp surgan. Nesterov Osiyo Kubogidan oldin ushbu turdan soʻng oʻzining milliy jamoa tarkibidagi karyerasini yakunlashi haqida eʼlon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala