Dunyoda

Robot Bambl Bi Yaroslavl koʻchalarini qordan tozalamoqda

Koʻchalarni qordan tozalayotgan robot haqidagi yangilik butun Rossiya boʻylab bir zumda tarqaldi.

TOSHKENT, 27 yanv - Sputnik. Rossiyaning Yaroslavl shahri aholisi shahar maʼmuriyatiga bir necha bor arz qilishiga qaramasdan, koʻchalarni qordan tozalash muammosi hal qilinmasdan kelayotgan edi, deb yozadi RIA Novosti.  

Fuqarolardan biri ushbu muammoni oʻziga xos uslubda hal qilishga urinib koʻrdi. U mashhur "Transformerlar" filmi qahramoni - robot Bambl Bining kostyumini kiyib koʻchalarda qor tozalashga tushdi. 

Bunday uslubda qor tozalash juda samarali boʻlmasada, lekin jamoatchilik eʼtiborni kuchalar qordan tozalanmayotganiga qaratish uchun - ayni muddao. Koʻchalarni qordan tozalayotgan robot haqidagi yangilik butun Rossiya boʻylab bir zumda tarqaldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala