Robot Bambl Bi Yaroslavl ko‘chalarini qordan tozalamoqda

Obuna bo‘lish
Ko‘chalarni qordan tozalayotgan robot haqidagi yangilik butun Rossiya bo‘ylab bir zumda tarqaldi.

TOShKENT, 27 yanv - Sputnik. Rossiyaning Yaroslavl shahri aholisi shahar ma’muriyatiga bir necha bor arz qilishiga qaramasdan, ko‘chalarni qordan tozalash muammosi hal qilinmasdan kelayotgan edi, deb yozadi RIA Novosti.  

Fuqarolardan biri ushbu muammoni o‘ziga xos uslubda hal qilishga urinib ko‘rdi. U mashhur "Transformerlar" filmi qahramoni - robot Bambl Bining kostyumini kiyib ko‘chalarda qor tozalashga tushdi. 

Bunday uslubda qor tozalash juda samarali bo‘lmasada, lekin jamoatchilik e’tiborni kuchalar qordan tozalanmayotganiga qaratish uchun - ayni muddao. Ko‘chalarni qordan tozalayotgan robot haqidagi yangilik butun Rossiya bo‘ylab bir zumda tarqaldi.

Yangiliklar lentasi
0