Jamiyat

Toshkentning eng yaxshi restoranlari aniqlandi

© nvnd76Restoran Pasternak v Tashkente
Restoran Pasternak v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Ovoz berish hamda soha ekspertlaridan tuzilgan hayʼat aʼzolari yordamida Toshkentning eng yaxshi restoran, bar, fast-fud, kafe va boshqa muassasalari aniqlandi.

TOSHKENT, 27 yanv - Sputnik. Toshkentdagi nufuzli Hyatt Regency mehmonxonasida eng yaxshi jamoat ovqatlanish muassasasi tanlovining yakunlari eʼlon qilindi deb xabar qilmoqda, MyDay nashri.

Tanlovda nominatsiyalar bir talay: eng yaxshi restoran, kafe, bar va fast-fud, ofitsiant, shef povar va boshqa bir talay nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlangan. Shunday qilib, ommaviy ovqatlanish sohasida eng yaxshi:  

  • Fast-fud –  GŌSHT;
  • Interyer boʻyicha - Steam bar;
  • Kafe - ChayKof;
  • Bar - The Bar;
  • Osiyo taomlari - HORI (uchinchi marta);
  • Yevropa taomlari  - Basilic;
  • Milliy taomlar - SalSal;
  • Shef-oshpaz – Aleksey Kovalev.

Tanlovning bosh sovrini, Gran-Pri esa - Pasternak restoraniga berilgan.

Eslatib oʻtamiz, ushbu tanlov Meal&Drinks Choice Award nomi bilan ataladi va Oʻzbekistonda uchinchi bor oʻtkazilmoqda. Tanlov gʻoliblari yashirin hayʼat aʼzolari hamda internet orqali ovoz berishi yoʻli bilan aniqlangan. Ovoz berish jarayonida umumiy hisobda 41 ming kishi ishtirok etgan. 

Tanlov haqidagi maʼlumotlar bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala