Jamiyat

Oʻzbekiston va Tojikiston chegarani belgilashga doir huquqiy hujjat imzolashdi

© Sputnik / Amir Isayev / Fotobankka oʻtishStranы mira. Tadjikistan
Stranы mira. Tadjikistan - Sputnik Oʻzbekiston
Bugungi kun holatida  Oʻzbekiston va Tojikiston davlat chegarasining 260 km yaqin boʻlagi delimitatsiya va demarkatsiya qilinmagan.

TOSHKENT, 27 yanv – Sputnik.  Oʻzbekiston va Tojikiston delegatsiyalari davlat chegarasini demarkatsiya qilishga doir huquqiy hujjatlarni tayyorlashdi, deb xabar qildi, Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu hujjutlar 2019-yilning 21-27-yanvar kunlari Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvida muhokama qilingan. Uchrashuv anʼanaviy doʻstlik va oʻzaro tushunish muhitida oʻtdi. Tadbir yakuniga koʻra Bayonnoma imzolandi.

“Muzokaralar doirasida bir qator normativ-texnik hujjatlar loyihalari tayorlandi. Ushbu hujjatlar asosida demarkatsiya ishlarini oʻtkazish uchun hududlarda davlat chegarasi chizigʻini aniqlash boʻyicha muzokaralar boshlanadi. ”, - deyilgan xabarda.

Oʻzbekiston va Tojikiston davlat chegarasi uzunligi 1,330 kilometrdan ortiq. Bugungi kun holatida  ushbu chegara chizigʻining 20% demarkatsiya qilinmagan holda qolmoqda.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala