"Tolibon" harakati bilan AQSh harbiylarini Afg‘onistondan olib chiqish haqida bitim kelishildi

© Noorullah Shirzada / AFPVoyennoslujashiy armii SShA v Afganistane
Voyennoslujashiy armii SShA v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘qnashuvlar tugatilishi va toliblarni Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar evaziga AQSh o‘z harbiylarini Afg‘onistondan to‘liq olib chiqishi mumkin.

TOShKENT, 28 yanv – Sputnik. AQSh “Tolibon” harakati bilan harbiylarni olib chiqish to‘g‘risidagi bitim loyihasini kelishdi. RIA Novosti New York Times xabariga asosan.

Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
Suriyadan AQSh harbiylarini olib chiqish haqida buyruq imzolandi

Unga ko‘ra, harbiy to‘qnashuvlarni tugatish  va toliblarni Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar evaziga AQSh o‘z harbiylarini hududdan to‘liq olib chiqishi mumkin. Buni AQSh davlat kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad tasdiqladi.

Bundan avval Reyter agentligi o‘z manbaasiga tayangan holda, Vashinton va “Tolibon” Qatarda bir necha kun davom etgan muzokaralar natijasida Afg‘onistonda 17-yillik qarama-qarshilikni to‘xtatish bo‘yicha dastlabki kelishuvlar erishilganligi ma’lum qilingandi. Buning ortidan Vashington o‘z qo‘shinlarini mamlakat hududidan olib chiqishi mumkin.

Dastlabki hujjat loyihasi Afg‘onistondan 18 oy muddat ichida xorijiy kuchlarni olib chiqilishi va “Al-qoida” va “Islom davlati” terrorchilik guruhlari tomonidan mamlakat hududidan foydalanilmasligi to‘g‘risidagi kafolatlarni o‘z ichiga olgan.

Yangiliklar lentasi
0