Tramp Guaidoni “prezidentlikni boshlagani” bilan tabrikladi

© REUTERS / Carlos Garcia RawlinsDemonstrant brosayet obratno kanistru so slezotochivim gazom vo vremya stolknoveniya s Natsionalnoy gvardiyey Venesueli
Demonstrant brosayet obratno kanistru so slezotochivim gazom vo vremya stolknoveniya s Natsionalnoy gvardiyey Venesueli  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir necha kun oldin AQSh hukumati Guaidoga Venesuelaning AQSh banklaridagi hisob-raqamlarini boshqarish huquqini bergan edi.

TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelaning o‘z-o‘zini e’lon qilgan prezidenti Xuanom Guaidoni “prezidentlikni boshlagani” bilan tabrikladi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Tramp Guaidoni prezidentlik lavozimiga kirishgani bilan tabriklab unga Venesuelada demokratiyani qayta tiklashda qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi”, - deyilgan Oq Uy xabarida.

Shuningdek, Guaido ham Trampni AQShning hudud va Venesuela gullab-yashnashiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirgan.

Prezident Venesueli Nikolas Maduro - Sputnik O‘zbekiston
Nikolas Maduro: “Tramp meni o‘ldirish haqida buyruq bergan”

Bir necha kun oldin AQSh Guaidoga Venesuela hukumatining AQSh banklaridagi hisob-raqamlarini boshqarish huquqi berilganini e’lon qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Venesuelada 21-yanvar kuni parlament spikeri Xuan Guaido o‘zini Venesuela prezidenti deb e’lon qilganidan keyin ommaviy tartibsizliklar boshlangan edi.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Guaidoni “AQSh marionetkasi” deb e’lon qilgan va mamlakat Oliy sudi Guaidoga Venesuelani tark etishni ta’qiqlagan edi.

Yangiliklar lentasi
0