Analitika

Oʻzbek armiyasiga Pentagon tajribasi nega kerak boʻlmasligi haqida

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaSpetsnaz Uzbekistana vpervыe na ucheniyax v SSHA
Spetsnaz Uzbekistana vpervыe na ucheniyax v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko Oʻzbekiston va AQSH harbiy idoralari bir-birlaridan qaysi tajribalarni oʻrganishlari mumkinligi haqida Sputnik uchun maxsus

Oʻzbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov va mudofaa idorasining boshqa vakillari amerika tomonning taklifi bilan ilk marotaba Kemp-Shelbi (Missisipi shtati, AQSH) harbiy bazasida Milliy armiyaning "Janubiy zarba" mashgʻulotlarida ishtirok etishmoqda.

Spetsnaz Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston spetsnazlari AQShga joʻnab ketdi

Har yili anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan "Janubiy zarba" manyovrlari amerika qoʻshinlarining quruqlikda, suvda va havoda birgalikdagi harakatlari texnikasini yaxshilab oʻrganish uchun oʻtkazib kelinadi. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligiga amerika strategiyasi va taktikasi kerak boʻladimi - aytish qiyin (Pentagonning qoʻshni Afgʻonistondagi besamar kechgan 18 yillik urinishlari maʼlum pessimizmga sababdir). Va shubhasizki, oʻzbek armiyasining harbiy quruvchilik va xalqaro terroristik uyushmalarni samarali ushlab turish tajribasi AQSH milliy gvardiyasi uchun foydali boʻlishi mumkin.

Global Firepower maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2015 yildan Markaziy osiyoda harbiy jihatdan eng qudratli davlat maqomini mustahkam egallab kelmoqda, va dunyo reytingida yil davomida 48-oʻrindan 39-oʻringa tushdi va bu oʻz-oʻzidan katta yutuqdir. Armiya soni ham ixcham - 57 ming nafar harbiy xizmatchilarni tashkil qiladi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yilda Oʻzbekiston Respublikasining yangi Mudofaa doktrinasini tasdiqladi va mudofaa sohasidagi harajatlar miqdori YAIMning 4%ini yoxud 1,4 milliard dollarni tashkil etdi, bundan tashqari harbiy quruvchilik sohasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.

Toshkent harbiy-siyosiy ittifoqdoshliklardan masofa saqlaydi, oʻzbek armiyasi chet eldagi harbiy harakatlarda ishtiroki va oʻzbek hududida chet el harbiy bazalari joylashtirilishi ham nazarda tutilmagan. Mudofaa doktrinasi va qurollangan neytralitet, bir qarashda xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik maydonini qisqartirsa-da, ammo bu Qoʻshma Shtatlarga taalluqli emas.

Missisipi qirgʻoqlaridagi hamkorlik

Oʻzbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov birinchi marotaba harbiy manyovrlarni bevosita AQSH hududida kuzatmoqda, ammo amerikalik hamkasblar bilan yaqindan hamkorlik ancha oldin oʻrnatilgan edi.

Shavkat Mirziyoyev posetil Pentagon - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Oʻzbekiston prezidenti va Pentagon rahbari oʻrtasida uchrashuv qanday oʻtdi

Oʻtgan yil bahorda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoʻshma Shtatlarga tashrifi davomida Pentagonda boʻldi va amerika harbiy idorasi rahbari bilan davlatlar oʻrtasida harbiy-texnik sohada hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Mirziyoyev mamlakat Mudofaa doktrinasi qabul qilingandan soʻng Oʻzbekiston boshqa davlatlar bilan, shu jumladan AQSH bilan ham harbiy-texnik hamkorlik kengaytirilishi, shuningdek, mudofaa va xavfsizlik sohalarida tajriba almashishdan manfaatdorligini qayd etdi.

Amerika mudofaa vaziri Jeyms Mettis javob nutqida Oʻzbekistonni mintaqadagi muhim geostrategik davlat deb atab, konstruktiv tashqi siyosat uchun maqtadi.

Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni general-mayor Jenson Boyls boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi 2018 yil kuzida Oʻzbekiston mudofaa vazirligida rasmiy tashrif bilan boʻldi.

Tomonlar harbiy-texnik hamkorlik hamda qoʻmondonlik va shtab boʻgʻinlarida harbiy kadrlarni tayyorlashda yangi yondashuvlarni muhokama qildilar.

Ikki mamlakatning harbiy texnik hamkorligi rejasi va tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan. Shunday boʻlsa-da, Vashingtonning yuqoritexnologik va qimmatbaho qurol-aslahalar sohasida Toshkentga bera oladigan takliflari bor, qolaversa Pentagon ham Oʻzbekiston Mudofaa vazirligidan arzon va amaliy sohada oʻrganadigan narsalari bisyor. Oʻylashimcha, Oʻzbek armiyasining muvaffaqiyatli tajribasi Pentagonlik omadsizlar uchun favqulodda foydali boʻladi.

Jangovar tayyorgarlik

Agar amerikalik reynjerlar oʻn yilliklar davomida turli (gʻarazli) sabablar tufayli koinotning turli nuqtalarida qurollanishi sust boʻlgan aborigenlarni kosmik sputniklar va zarba beruvchi uchuvchisiz uchish moslamalari yordamida qatʼiy iskanjaga olib kelayotgan boʻlsa, Oʻzbekiston Armiyasi yangi metodika, zamonaviy qurol yordamida real harbiy tayyorgarlik bilan shugʻullanib kelmoqda.

Pervыy den proverki voysk Minoboronы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev nega qoʻqqisdan harbiy trevoga eʼlon qildi?

Respublika qoʻshinlari doimiy jangovar holatga keltirilgan, yaʼni yilning istlagan faslida, u xoh ertalab, xoh oqshom, xoh tekislikda, xoh togʻlarda (bu esa eng murakkabi) hech bir tebranishsiz qoʻmondonlik buyrugʻini bajarishga qodir.

Milliy xavfsizlikka rahna soluvchi asosiy tahdidlardan biri - Oʻzbekistonga Afgʻonistondan yoki chegaradosh boshqa davlatlardan kirishga bot-bot urinib keladigan ekstremistlar va terrorchilardir. Shu bilan birga, oʻzbek chegarasining Afgʻoniston, Tojikiston va Qirgʻiziston bilan kattagina qismi eng qiyin boʻlgan togʻli hududlardan oʻtadi. Bunday sharoitlarda oʻzbek armiyasi boʻlinmalari avtonom va samarali harakatlanishi mumkin. Chegaraning eng muhim operatsiya yoʻnalishlarida mobil, yaxshi taʼminlangan Terrorizmga qarshi Korpusning maxsus operatsiyalar kuchlari batalonlari harakatlanadi. Zarba berish va oʻt ochish qudratini oshirish maqsadida ularga vertolet brigadalari berilgan. Yaqinda Oʻzbekiston Rossiya mudofaa eskport (Rosoboroneksport) bilan 12 dona zarba beruvchi Mi-35 vertoletlarini xaridi boʻyicha shartnoma imzoladi. Bu vertoletlarning dunyoda raqibi mavjud emas.

Shuni alohida aytish joizki, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida, deylik qoʻshni Afgʻonistonda amerika tajribasi uzluksiz bombardimonlar va 18 yil davomida harbiy bazalarning baland devorlari ichida eshelonlashgan mudofaada oʻtirish bilan chegaralanadi. Hatto shaxsiy tarkibni tashlash yoki yuk yetkazib berish ishlarini Pentagon asosan havo orqali amalga oshiradi. Oʻylashimcha, kovboylarcha tajovuz va har yoqqa burnini tiquvchi (Afgʻoniston hududining kattagina qismini real nazoratga olgan) dushmandan oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish taktikasi Oʻzbekiston Mudofaa vazirligiga qachonlardir asqotishi, dargumon, albatta.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala