Iqtisod

Artikxodjayev: oʻzbek tadbirkorlari 700ta investor jazm qilolmagan ishga qoʻl urdi

Tadbirkorlarimizni orasida mana shunday yuragi, jasorati borlari koʻproq boʻlishini istayman, dedi kuyunchaklik bilan Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev

TOSHKENT, 31 yanv - Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev Tashkent Cityni qurishda qanday sinovlarga duch kelgani xususida gapirib berdi.

Roman Osokin - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
"Toshkent City"ni 4 yilda qursa boʻladimi? Ekspert Roman Osokin bilan intervyu

"Tashkent City" loyihasi rahbari boʻlgan vaqtim davlat rahbari taklifi bilan men qurilishni uch yil ichida tamomlashim kerak edi. Men 700dan oshiq investor bilan gaplashdim. Birortasi rozi boʻlmadi, chunki bu joy jozibadorligi yoʻq edi. Bu loyihaning 3 yilda amalga oshishiga birorta ham kompaniya ishonmagan. Keyin men oʻzim bilgan yirik kompaniyalarga — Murad Buildings (4-lot), Real House (2- lot) taklif kiritdim va bu loyihaning jozibadorligini tushuntirdim. Bu ishni bitishi qanchalik qiyin boʻlmasin, ular bunga jazm qilishdi", - dedi Artikxodjayev va "Oʻzbekistonda bu kabi yuragi, jasorati bor tadbirkorlar koʻproq boʻlishini istardim", deya qoʻshimcha qildi.

Hokim Tashkent City loyihasining barcha ishtirokchilari uchun bir xil shartlar taklif etilganini aytdi.

Artikxodjayev Toshkent siti haqida nima degan edi >>>

"Boshqa investorlarga kelsak, mahalliy kompaniyalardan Family Group bor. Uchta milliy bank bor. Tan olaman, banklar ham avvaliga ishonishmadi. Men banklarga bordim, boshqaruv bilan gaplashdim, istiqbollarni tushuntirdim. Yakunda uylar buzilib, odamlar koʻchishni, binolar qurilishi boshlanganidan keyin banklar ham joy olishni boshladi. Biroq barcha ishtirokchilar uchun shartlar bir xil: 1 sotix — 20 ming dollar yoki bir gektar — 2 mln dollar. Barcha uchun bir xil summa", — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala