Iqtisod

Toshkent hokimi "Akva" kompaniyasidan nega voz kechmasligini tushuntirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovXokim Tashkenta Djaxongir Artыkxodjayev
Xokim Tashkenta Djaxongir Artыkxodjayev - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev jurnalistlarga hokim boʻlgach nega "Akva" kompaniyasini sotmaganini tushuntirishiga toʻgʻri keldi

TOSHKENT, 31 yanv - Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev bugun boʻlib oʻtgan brifingda butun dunyoda ommabop boʻlgan va siyosatchiga aylangan milliarderlarga birinchi boʻlib beriladigan: "Biznesdan voz kechasizmi?" mazmundagi savolga javob berishiga toʻgʻri keldi.

I.o. xokima stolitsы izbran senatorom Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Jahongir Artikxoʻjayev senator boʻldi

Toshkent hokimi oʻz javobi davomida "Akva"da haqiqatda oʻz ulushiga egaligini, ammo hokim boʻlgach, boshqaruvni boshqalarga topshirganini qayd etdi.

"Akva" haqiqatdan mening 20 yillik kompaniyam. Men oʻzim yaratganman kompaniyani. Toʻgʻrisini aytsam, hokim boʻlishim tushimga ham kirmagan, yarim soat oldin eshitganman ... Yigirma yillik kompaniyani 31 ming ishchisi bilan shundoq tashlab ketish... Prezidentimiz shu yerda orttirgan tajribalaringni (boshqaruvda qoʻllaysan) .... deb hokim qilib tayinlaganlar. U yerdagi (kompaniyadagi) boshqaruvni boshqa insonlarga, shogirdlaringga tashlab ketgin degan talab boʻlgan. Lekin "hissangni bergin", degan talab boʻlmagan. Buni bir oʻylab koʻrishim kerak. Agar choʻntagimda "Boing" aktsiyasi boʻlsa, nima deb oʻylaysiz, men hokim boʻlib bervorishim kerakmi?! Yoki aytaylik Apple aktsiyasi boʻlsa qoʻlimda?.. Men "Akva"ni boshqarmayman. Hokim boʻldim, deb sotishim kerakmi?", - deya murojaat qildi jurnalistlarga Artikxodjayev.

Hokimning soʻzlariga koʻra, bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni esa, "Oʻzbekistonda bugungidek taraqqiyot boʻlayotgan bir vaqtda "Akva" kompaniyasining chetda qarab turishga haqqi yoʻq".

Proyekt buduщego delovogo tsentra Tashkent-Siti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Toshkent-siti" - maydoni 70 gektar, qiymati 1 mlrd dollar

"U Oʻzbekistonda, Toshkentda obroʻga, qudratga, oʻz kuchiga ega va iqtisodiy rivojlangan kompaniya hisoblanadi. Oʻz oʻrnida, prezidentimiz Toshkentda davlat tadbirlarini oʻtkazish uchun kongress-xoll va mehmonxona qurish kerak, deya taklif bildirdilar yaʼni Oʻzbekistonda katta anjumanlarni oʻtkazish uchun yetarli darajadagi kongress-xoll. Albatta, buni Akfa Dream World (Akfa Group tarkibidagi kompaniya) oʻz zimmasiga oldi. Lekin bu bino bitirilib hukumatga topshiriladi, bundan daromad manbai sifatida foydalanilmaydi", — dedi qatʼiy hokim va "Qani aytingchi, Oʻzbekistonda bunday kompaniya boshqa bormi?", deya jurnalistga savol berdi.

Artikxodjayev, shuningdek, kompaniya shogirdlari boshqaruvida foyda yoki zarar qilishini ham bilmasligini qayd etib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala