Inflyatsiya o‘sishi biz kutgandan ham past bo‘ldi – Markaziy bank

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSentralniy bank Uzbekistana
Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Inflyatsiya miqdori past bo‘lganini aholi ham darhol his qila boshladi. Buni banklardagi depozitlar miqdori 71 %ga o‘sishidan bilsa bo‘ladi - MB.

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. O‘tgan 2018-yilning 4-choragi va 2019-yil boshida inflyatsiya o‘sishi miqdori biz kutgandan ham past bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Markaziy banki Pul-kredit siyosati departamenti direktori Behzod Hamrayev, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, inflyatsiya o‘sishi miqdori past bo‘lishiga bir necha sabablar omil bo‘lgan. Ular orasida asosiylari quyidagilar deyish mumkin:

  • Meva-sabzavotlarning mavsumiy narxi oshishi kam bo‘ldi. Yil davomida narxlar nisbatan barqaror bo‘ldi.  
  • Ikkinchidan, mahsulot bilan ta’minlanish darajasi yaxshi bo‘ldi, va shu bilan birga hech qanday mahsulot defitsiti bo‘lmadi. Shu o‘rinda o‘tgan yilda kartoshka narxi keskin oshganini esga olish mumkin.
  • Uchinchidan, energiya manbaalari narxining oshirilishi umumiy narxlar oshishiga olib kelmadi.

Inflyatsiya miqdori past bo‘lganini aholi ham darhol his qila boshladi. Buni biz banklardagi muddatli depozitlar o‘sishidan bildik, deydi MB vakili.

Aholining banklarda saqlayotgan depozitlari miqdori o‘tgan yilga nisbatan 71,6 %ga o‘sishi kuzatildi. Ushbu tendensiya 2019-yilning yanvar oyida ham davom etmoqda.

Qayta moliyalash stavkasi - Sputnik O‘zbekiston
Qayta moliyalash stavkasi nima uchun kerak?

Depozitlar tarkibida ham xorijiy valyuta ulushi kamayib milliy valyuta ulushi oshib bormoqda. Bu albatta quvonarli hol. Birinchidan aholining milliy valyutaga ishonchi oshib borayotganidan, ikkinchidan esa depozitlarning dollarlashuvi kamayayotganidan darak beradi.

2018 yilning 4 choragida Markaziy bank doimiy ravishda kuzatib borayotgan muhim ko‘rsatgichlaridan birida ijobiy tomonga o‘zgarish kuzatildi. Xususan, xo‘jalik subyektlari orasida bank transaksiyalarining soni 40-50 %ga oshishi kuzatildi. Bu yashirin iqtisod ulushi kamayib, iqtisod sog‘lomlashib borayotganining yaqqol dalilidir.

Yuqorida aytib o‘tilgan, ijobiy holatlar natijasida iqtisodda naqd pul hajmi ham o‘zgarishsiz qoldi. Bu inflyatsiyaning kamayishiga olib keladigan yana bir qo‘shimcha omil bo‘ladi, albatta.

O‘zbekiston iqtisodida inflyatsiya o‘sishi haqiqatdan ham kamayib bormoqda. Biz bunining ijobiy natijalarini iqtisodning har sohasida kuzatib turibmiz.

"Agar ushbu tendensiya saqlanib qolsa Markaziy bank 2019-yilning ikkinchi yarmida qayta moliyalash stavkasini pasaytirish masalasini ham ko‘rib chiqishi mumkin", - dedi Behzod Hamrayev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Markaziy banki inflyatsiya darajasini cheklash borasida qat’iy siyosat olib bormoqda. Yil boshida 2019-yil uchun qayta moliyalash stavkasi 16 % miqdorida belgilangan edi.

Yangiliklar lentasi
0