Dunyoda

Kanadada 67 yoshli bogʻbon 8 nafar geyni oʻldirganligini tan oldi

CC0 / pixabay / Mujchina obrabatыvayet izobrajeniye na kompyutere
Mujchina obrabatыvayet izobrajeniye na kompyutere - Sputnik Oʻzbekiston
Qotilliklar 2010-2017 yillar davomida sodir etilgan. Bogʻbon shu yillarda bir necha marta soʻroq qilingan. Biroq 2018 yilgacha unga rasmiy ayblov eʼlon qilinmagan.

TOSHKENT, 31 yanv – Sputnik. Kanadaning Toronto shahrida landshaft dizayneri Bryus Makartur geylar qishlogʻida istiqomat qiluvchi 8 nafar kishini oʻldirganligini tan oldi.

Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda ikki nafar gey qoʻlga olindi

Qotilliklar 2010-2017 yillar davomida sodir etilgan. Biroq asosiy gumonlanuvchini oʻtgan yilda qoʻlga olishga erishildi. Soʻnggi oʻldirilgan shaxsning telefonidagi eslatma ilovasida “Bryus” soʻzi yozilganligi aniqlangan.

The Globe and Mail nashri yozishicha, bu belgilar tergovni Bryus Makartur tomonga olib keldi.

Video kuzatuv kameralari oʻlgan odam ayblanuvchining mashinasiga oʻtirganligini koʻrsatdi.  Ushbu mashinada politsiya avval yoʻqolgan 4 nafar shaxsning DNK izlarini topishgan. Makarturning uyida esa oʻldirilgan shaxslarga tegishli boʻlgan zargarlik buyumalar, estalik sovgʻalar borligi aniqlangan.

Oʻldirilgan shaxslar orasida – ayblanuvchining tanishi, migrantlar, qochoq va uysiz kishi bor.

Bularning koʻpchiligi bedarak yoʻqolgan. Jasadlar 67 yoshli bogʻbon qoʻlga olingandan soʻng topildi. Qidiruv vaqtida bogʻbon ikki marta soʻroq qilindi.

Birinchi marta bogʻbon aloqadorligi haqida 2013 yilda maʼlumotlar paydo boʻlgandi. Oʻsha vaqtda politsiya 3 nafar shaxs yoʻqolganligi bilan shugʻullangan.

Svecha v ruke - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Kanadada fojia: YTH oqibatida yoshlar jamoasi xokkeychilari halok boʻldi

Qidiruvda boʻlgan shaxslarning doʻstlari Bryus Makarturning yoʻqolgan shaxslardan biri bilan ishqiy munosabatlari boʻlganligini bildirishgan.

Uch yildan soʻng Makartur yana soʻroq qilinadi.

Keyinchalik politsiya Makarturning yotoqxonasida skoch, jarrohlik qoʻlqopi, qora arqon va shprits solingan sport sumkasi aniqlandi.  

Daily Mail nashri yozishicha, 7 nafar shaxsning jasadlari katta gul tuvaklarda, 8-chi shaxsning jasadi bogʻbon ishlagan uy orqasidagi jarlikda topildi.

Har bir qotillik uchun Bryus Makarturga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.

Ayblanuvchi muddatidan avval ozodlikka chiqish haqida soʻrovni faqat 25 yildan keyin berishi mumkin, oʻsha vaqtda unga 90 yosh boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala