Sport

Sogʻlom turmush tarziga rioya qilmaydigan futbolchilarga keskin choralar koʻriladi

© Foto: FFUFutbolistы sbornoy Uzbekistana proshli meditsinskoye obsledovaniye
Futbolistы sbornoy Uzbekistana proshli meditsinskoye obsledovaniye  - Sputnik Oʻzbekiston
Spirtli ichimliklar ichish, sigaret, chilim chekish kabi zararli odatlarga mukkasidan ketgan futbolchilar futboldan chetlatilishi ham mumkin.

TOSHKENT, 31 yanv – Sputnik. Maxsus inspektsiya sogʻlom turmush tarziga rioya qilmaydigan futbolchilarni nazorat qilib boradi. Bu haqda OʻFA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov aytib oʻtdi.

Ravshan Irmatov - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbekistonliklar finalda: Ravshan Ermatov brigadasi asosiy oʻyinni boshqaradi

OʻFA xabarida aytilishicha, futbol rivojiga toʻsqinlik qiladigan taʼmagirlik, korruptsiya, porxoʻrlik, kelishilgan oʻyinlar, totalizatorlar masalasi va boshqa shu kabi illatlarga qarshi kurashish bilan cheklanib qolmay, futbolchilarning sogʻlom turmush tarziga qanday rioya etayotganlari aniqlab boriladi.

Spirtli ichimliklar ichish, sigaret, chilim chekish kabi zararli odatlarga mukkasidan ketgan futbolchilar futboldan chetlatilishi ham mumkin. Bu haqda OʻFA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov aytib oʻtdi.

"Hukumatimiz mamlakat futbolini oyoqqa turgʻazish yoʻlida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqda. Mana shunday paytda turli illatlar orqali faqat oʻz manfaatini oʻylaydigan, mamlakat futboli rivojiga toʻsqinlik qiladigan shaxslarga nisbatan keskin choralar koʻriladi. Bundan tashqari, maxsus inspektsiya tomonidan futbolchilarning sogʻlom turmush tarziga qanday rioya qilayotganlari ham nazorat qilib boriladi. 

Futbolist Roberto Karlos v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Toshkentda jahon futboli yulduzi Roberto Karlos tantanali kutib olindi

Baʼzi futbolchilar mashgʻulotlardan keyin tungi klublarda ertalabgacha pivo ichib, chilim chekib vaqt oʻtkazishadi. Natijada, muhim oʻyinlar paytida ularning jismoniy tayyorgarliklari pand berib qoʻyadi. Bu esa milliy terma jamoalarimizga ham xalqaro maydonlarda xalaqit qilib kelmoqda. Shundan kelib chiqib aytishim mumkinki, har bir futbolchi avvalo professional boʻlishi kerak. Birinchi navbatda jismoniy tayyorgarligi ustida oʻzi qaygʻurishi zarur. Lekin sogʻlom turmush tarziga rioya qilmay, olayotgan katta pullarini faqat maishatga sarflab yurgan futbolchilar maxsus inspektsiya tomonidan aniqlansa, ular bir umrga futboldan chetlatiladi", - deydi Umid Ahmadjonov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala