Jamiyat

Milliy universitet hududida obodonlashtirish boshlandi

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentProyekt blagoustroystva territorii Natsionalnogo universiteta Uzbekistana i vuzgorodka
Proyekt blagoustroystva territorii Natsionalnogo universiteta Uzbekistana i vuzgorodka - Sputnik Oʻzbekiston
Universitet binosi atrofidagi panjaralar olib tashlanib, piyodalar va velosiped yoʻlaklari, qulay oʻrindiqlar qurilmoqda.

TOSHKENT, 31 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda talabalar shaharchasi hududlarida keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari boshlandi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Shaharsozlik talablariga javob beradigan, zamonaviy arxitekturaga mos piyodalar yoʻlaklari, maxsus velosiped yoʻllari, avtomashinalar uchun esa 400 oʻrinli avtoturargohlar barpo etilmoqda.

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentProyekt blagoustroystva territorii Natsionalnogo universiteta Uzbekistana i vuzgorodka
Milliy universitet hududida obodonlashtirish boshlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Proyekt blagoustroystva territorii Natsionalnogo universiteta Uzbekistana i vuzgorodka

5600 kv.metr avtomobil yoʻllari asfalt qilinib, avtomototransportlar qatnovi chegaralanadi, 11 ming kv.metrga yashil maysalar yotqiziladi,  1,800 p/metr irrigatsiya tarmoqlari yangilanadi.  

Talabalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, zamonaviy oʻrindiqlar oʻrnatiladi. Universitet rahbariyati tomonidan bino hududidagi himoya panjaralari olib tashlandi.

“Olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari sabab vaqtinchalik yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun Toshkent shahar hokimligi uzr soʻraydi. Ushbu qurilish ishlari 15 kun muddatda yakunlanadi”, - deyilgan xabar soʻnggida.

© Press-slujba xokimiyata g. TashkentProyekt blagoustroystva territorii Natsionalnogo universiteta Uzbekistana i vuzgorodka
Milliy universitet hududida obodonlashtirish boshlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Proyekt blagoustroystva territorii Natsionalnogo universiteta Uzbekistana i vuzgorodka
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala