Jamiyat

Qozogʻiston oʻz hududi orqali Bishkek-Toshkent avtobus qatnovini toʻxtatdi

© Sputnik / Valeriy MorevAvtobus na granitse
Avtobus na granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻiston sabablarini tushuntirmagan holda oʻz hududi orqali Bishkek-Toshkent xalqaro tranzit yoʻnalishidagi avtobus qatnovini toʻxtatdi.

TOSHKENT, 31 yanv – Sputnik. Qozogʻiston bir tomonlama tartibda oʻz hududi orqali Bishkek-Toshkent xalqaro tranzit yoʻnalishidagi avtobus qatnovini toʻxtatdi. Bu haqda Qirgʻiziston transport vazirligi xabar qildi.

Bishkek-Toshkent xalqaro avtobus qatnovi – oʻtgan yilning aprel oyida Qirgʻiziston va Oʻzbekiston prezidentlari uchrashuvi yakunlari boʻyicha ochilgandi.

Ushbu tranzit yoʻnalishi qoʻshni Qozogʻiston hududi orqali oʻtadi. Qatnov Qirgʻiziston va Oʻzbekiston ikki yirik transport kompaniyalari tomonidan xizmat koʻrsatiladi.

Novыy avtobusnыy marshrut soyedinit Tashkent i Turkestan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent - Turkiston yoʻnalishida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

“Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlari bilan kelishilmagan holda Qozogʻiston Respublikasi vakolatli davlat organlari tomonidan “Xalqaro avtomobil transportida yoʻlovchi va yuk tashish toʻgʻrisida”gi Konventsiyasi talablarini buzgan holda Bishkek-Toshkent xalqaro avtobus qatnovini amalga oshiradigan avtobuslarning tranzit oʻtishi toʻxtatildi”, - deb maʼlum qildi Qirgʻiziston transport va yoʻl vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlikda maʼlum qilishicha, bundan avval Qozogʻiston tomoni ushbu yoʻnalishda avtobuslar qatnoviga oʻzgartirishlar kiritishni soʻragandi. Shundan soʻng Toshkent va Bishkek yangi qatnov jadvalini ishlab chiqib, oʻtgan yilning noyabr oyida Qozogʻiston vakolatli organlariga yuborilgandi.

Yangi jadval “hozirgi vaqtgacha Qozogʻiston tomonidan kelishilmagan”.

Qirgʻiziston transport vazirligi xabar qilishicha, Qirgʻiziston va Qozogʻiston vakolatli organlari oʻrtasida bu masalani hal qilish boʻyicha muzokara jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala