Jamiyat

Rossiya byudjeti hisobidan tahsil olmoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklar soni yanada koʻpaydi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Fotobankka oʻtishXIX Vsemirnыy festival molodeji i studentov. Den pyatыy
XIX Vsemirnыy festival molodeji i studentov. Den pyatыy - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya oliygohlariga 2019-2020 oʻquv yili uchun tanlov 10-12 fevralda boshlanadi.

TOSHKENT, 31 yanv – Sputnik. Rossiy oliygohlarida byudjeti hisobidan tahsil olmoqchi boʻlgan nomzodlar soni 8 ming nafarga koʻpaydi. Bu koʻrsatkich 2018 yilda 5,8 ming kishini tashkil qilgandi. Bu haqda “Rossotrudnichestvo” vakolatxonasi rahbari Viktor Shulika maʼlum qildi.

“Tanlov sinovlariga shu yilda 8 mingdan ortiq nomzodlar roʻyxatga olindi. Taqqoslash uchun: 2018 yilda 5,8 ming kishi boʻlgan”, - dedi Shulika.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya oliygohlariga 2019-2020 oʻquv yili uchun tanlov 10-12 fevralda boshlanadi.

Meditsinskiy rabotnik - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda Rossiyaning eng nomdor tibbiyot oliygohlari boʻlimlari ochilmoqda

“Oʻtgan yili togʻ-kon sanoati boʻyicha tahsil olish uchun 85 kishini tanlab oldik”, - deb taʼkidladi vakolatxona rahbari.

Vakolatxona rahbarining soʻzlariga koʻra, Rossiyada moliya-nazorat organlariga mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha tomonlar oʻrtasida kelishuvlar mavjud.

“Shu yilda biz moliyaviy monitoring mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan Moskva tarmoq institutida tahsil olish uchun 50 kishini tanlab olamiz”, - deb qoʻshimcha qildi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala