Dunyoda

Rossiya chegaralarni jangarilardan himoya qilish uchun saʼy-harakatlarni kuchaytirishga tayyor

© Sputnik / Semiryaga / Fotobankka oʻtishSoldat na granitse
Soldat na granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya MDHdagi Oʻrta Osiyo mintaqasida vaziyatni oʻzgartirmoqchi boʻlgan har qanday urinishni oldini olishga tayyor.

TOSHKENT, 31 yanv — Sputnik. Rossiya qoʻshni davlat chegaralarini jangarilardan himoya qilish uchun saʼy-harakatlarni kuchaytirishga tayyor, deb maʼlum qildi brifing davomida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Prezident assotsiatsii veteranov podrazdeleniya Alfa Sergey Goncharov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Afgʻonistonda hujum qilish uchun “ISHID” toliblar bilan birlashishi mumkin – rossiyalik ekspert

“MDHdagi Oʻrta Osiyo mintaqasida vaziyatni oʻzgartirmoqchi boʻlgan har qanday urinishni oldini olish uchun Rossiya ushbu yoʻnalishda umumiy kuchlarni davom ettirishda qattiq ahd qilgan”, - deya iqtibos keltiradi Mariya Zaxarova soʻzlaridan RIA Novosti. Afgʻoniston bilan bevosita chegaradosh boʻlgan davlatlar alohida hissalarini qoʻshishmoqda. Rossiya ularning har biriga strategik sherikchilik asosida yordam koʻrsatmoqda va xavfsizlik va chegaralarni qoʻriqlashda zaruriy yordamni oshirishga tayyor”.

Rossiya TIV rasmiy vakili Pokiston bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani, KXSHT ittifoqdoshlari hamda MDH va SHHT sheriklari Afgʻonistondagi krizis vaziyat sababli xavf darajasini kamaytirish maqsadida hamkorlik qilishayotganini eslatib oʻtdi.

Avvalroq Rossiya Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Igor Zubov “ISHID” terrorchilik uyushmasi oʻz jangarilarini Pokistondan Tojikistonga oʻtkazayotgani haqida maʼlum qilgandi.

Deti igrayut v futbol vo dvore doma odnogo iz rayonov Kabula - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Toliblar nazorati ostida boʻlgan afgʻonlarning ayanchli qismati

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiyaning janubiy chegaralarida, ehtimol, terrorchilik guruhi tomonidan koʻp sonli qochoqlarni keltirib chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan katta provokatsiyani tayyorlamoqda. Bu esa Rossiya uchun salbiy oqibatlarni keltirish chiqarishi mumkin.

Mariya Zaxarova Rossiya Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Igor Zubovning soʻzlarini izohlarkan, “oʻylashimcha, gap aynan shu haqda ketyabdi”, deb qoʻshimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala