Toshkentda 3 oylik farzandini 300 dollarga sotgan ota-ona qo‘lga tushdi

CC0 / pixabay / Novorojdenniy rebenok
Novorojdenniy rebenok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan shaxslarga nisbatan odam savdosi moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. Toshkentda o‘z farzandini sotayogan fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatining telegram-kanali xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar P.G. va G.P.lar o‘zlarining 3 oylik o‘g‘il farzandi M.ni fuqaro N.I.ga Mirzo Ulug‘bek tumani, A.Yugnakiy mavzesida 300 dollarga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyatchilarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda besh yoshli bolasini sotgan fuqaro qo‘lga olingani haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0