Jamiyat

Jizzax viloyati tumanlariga Zarafshon daryosidan ichimlik suvi olib kelinadi

© Sputnik / N. Granov / Fotobankka oʻtishDolina reki Zeravshan
Dolina reki Zeravshan - Sputnik Oʻzbekiston
Suv olib kelish natijasida Zarbdor, Baxmal, Paxtakor, Mirzachoʻl, Doʻstlik, Gʻallaorol, Sharof Rashidov tumanlaridagi aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

TOSHKENT, 31 yanv – Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga boʻlgan tashrifi davom etmoqda, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil Farishskiy rayon Djizakskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bizning atom stantsiyamiz boshqalardan ham yaxshi, sifatli va xavfsiz boʻlishi kerak - prezident

Bugun Jizzaxda viloyat faollari bilan boʻlib oʻtgan majlisda, Zarafshon daryosidan suv olib kelish uchun magistral quvur va nasos stantsiyasi qurishni davom ettirish, 264 kilometr suv tarmogʻini qurish va taʼmirlash boʻyicha topshiriq berildi.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu ishlar natijasida Zarbdor, Baxmal, Paxtakor, Mirzachoʻl, Doʻstlik, Gʻallaorol, Sharof Rashidov tumanlaridagi aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishi, ularning turmush tarzi, salomatligi yaxshilanishi taʼkidlandi.

Undan tashqari2019 yilda Jizzax shahrida 15 ta koʻp qavatli arzon uy, tumanlarda 932 ta turar joy qurish vazifasi qoʻyildi.

Jizzax viloyat faollari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilish tafsilotlari bilan qoʻyida batafsil tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala