Jamiyat

Oʻzbekiston Yak-130 oʻquv samolyotlarini sotib olishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishSamolet Yak-130 vo vremya demonstratsionnogo poleta
Samolet Yak-130 vo vremya demonstratsionnogo poleta - Sputnik Oʻzbekiston
Yak-130 – ikki oʻrinli oʻquv-jangovar samolyoti boʻlib, u uchuvchilarni zamonaviy oʻta manyovrli samolyotlarda uchish uchun tayyorlashga moʻljallangan.

TOSHKENT, 31 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston Rossiyadan YAK-130 oʻquv-harbiy samolyotlarini sotib olishga qiziqish uygʻotmoqda, deb yozadi “Kommersant” nashri.  

“Yak-130 samolyotlariga Oʻzbekiston ham qiziqish uygʻotmoqda, lekin hozircha muzokaralar boshlangʻich bosqichda”, - deyilgan xabarda.

Irkutsk Aviatsiya zavodi soʻnggi vaqtlarda Yak-130 oʻquv samolyotlariga koʻplab buyurtmalar olmoqda. Xususan, Bangladesh, Myanma, Belorussiya va Laos ham bir necha samolyot sotib olishgan.

T-50 Golden Eagle oʻquv-harbiy samolyoti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Oʻzbekistonga Koreya samolyotlari sotilishiga qarshi

Yak-130 – ikki oʻrinli oʻquv-jangovar samolyoti boʻlib, u uchuvchilarni zamonaviy oʻta manyovrli samolyotlarda uchish uchun tayyorlashga moʻljallangan.

Ushbu samolyotdan jangovar maqsadlarda yengil shturmovik, razvedkachi-samolyot, qiruvchi va bombardimonchi samolyotsifatida ham foydalansa boʻladi. Ayrim OAVlarda paydo boʻlgan maʼlumotlarga koʻra, Yak-130 asosida Rossiyada birinchi ogʻir jangovar uchuvchisiz apparat ham yaratilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, bir necha yil oldin Oʻzbekiston Janubiy Koreyadan Golden Eagle T-50 oʻquv samolyotlarini xarid qilmoqchi boʻlganda AQSH bunga qarshi chiqqan edi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala