Moskvada terakt uyushtirishni rejalashtirgan “IShID” jangarilariga jazo tayinlandi

© Sputnik / Maksim BlinovZaklyuchennie v kolonii
Zaklyuchennie v kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahkumlar Moskvada qator terakt uyushtirishni hamda pul va qurol tasarruf qilish maqsadida tadbirkor va politsiya xodimlariga hujum qilishni rejalashtirishgan.

TOShKENT, 1 fev - Sputnik. Moskvada qator terakt uyushtirishni rejalashtirgan “Islom davlati” jangarilari 14-yildan 19-yilgacha ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar qildi Rossiyaning Moskva va Moskva viloyatidagi FXXB (UFSB) matbuot xizmati.

Soldat na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya chegaralarni jangarilardan himoya qilish uchun sa’y-harakatlarni kuchaytirishga tayyor

Tergovchilar “IShID” xalqaro terrorchilik uyushmasi guruhinining a’zoni aniqlashdi. Ma’lum qilinishicha, u o‘z guruhiga yana to‘rt kishini jalb etgan. Ular Moskvada qator terakt uyushtirishni hamda pul va qurol tasarruf qilish maqsadida tadbirkor va politsiya xodimlariga hujum qilishni rejalashtirishgan.

Xabarda yozilishicha, 2018-yil sud Babayev M.S., Djanatliyev Sh.M., Mahadaliyev N.E., Gazimagomedov X.A., Tukiyev Z.M.ni jinoyat sodir etishda aybdor deb topgan va ularga 14-yildan 19-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Shuningdek, ular jazoni qattiq tartibdagi axloq tuzatish koloniyasilda o‘tashlari kerak.

Jane’s Information Group terrorchilik muammolarini o‘rganish markazining ma’lumotlariga qaraganda, 2018-yilda dunyoda teraktlar soni o‘tgan yilga nisbatan uchdan bir qismga kamaygan. Ta’kidlanishicha, 2018-yilda nodavlat qurolli guruhlar dunyo bo‘ylab 15,3 mingdan ziyod terrorchilik aktlarini sodir etishgan. Hujumlar oqibatida 13,4 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0