O‘zbekistonga kelgan mehmonlarga Mirziyoyev nomidan oltin soatlar sovg‘a qilindi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVeteranam-internatsionalistam afganskoy voyni podarili zolotie chasi ot imeni prezidenta RUz
Veteranam-internatsionalistam afganskoy voyni podarili zolotie chasi ot imeni prezidenta RUz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq, Rossiya rasmiy vakilari afg‘on urushida qatnashgan o‘zbekistonlik jangchilarga brilliant va yoqut toshli ordenlar taqdim etgani haqida xabar bergan edik

TOShKENT, 2 fev - Sputnik. O‘zbekiston VETERAN jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasining 25-yilligi, sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilgani 30-yilligi munosabati bilan Toshkent shahridagi "Turkiston" saroyida o‘tkazilgan tantanali tadbirda O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan afg‘on urushi qatnashchilari, baynalmilal-jangchilarga prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan oltin soatlar sovg‘a qilindi.

Predsedatel obyedineniya VETERAN Tal’at Muradov - Sputnik O‘zbekiston
Urushdan keyingi do‘stlik: jangchi ofitser "haqiqiy sho‘roviy" va o‘zbeklar qahramonligi haqida

O‘zbekiston prezidenti nomidan oltin soat bilan VETERAN jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi raisi Tal’at Muradov, "Boyevoe bratstvo - bez granis (Jangovar qardoshlik - chegara bilmaydi) xalqaro ittifoqi oliy kengashi a’zosi general-leytenant Ruslan Aushev, Rossiya fan va madaniyat markazi rahbari Viktor Shulika, Rossiya Federatsiyasi kengashi senatori Frans Klinsevich, Afg‘oniston urushi veteranlari ittifoqi raisi Mixail Mokano, MDH davlatlari hukumat rahbarlari Kengashi huzuridagi jangchi-baynalmilalchilar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Aleksandr Kovalov taqdirlandilar.

Shuningdek, MDH davlatlari Afg‘oniston urushi qatnashchilari ittifoqlari yetakchilari: Armen Mxitoran (Armaniston), Suxrobsho Yusufshoyevich (Tojikiston), Yevgeniy Broy (Estoniya), Nugzar Kaxniauri Gruziya), Kojobek Risbayev (Qirg‘iziston), general-mayor Sergey Chervonopiskiy Ukraina), Sharipbay Utegenov (Qozog‘iston)larga ham O‘zbekiston yetakchisi nomidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun 2-fevral kuni ertalab Toshkentdagi "Mangu olov" memoriali yonida urushda halok bo‘lgan askarlar xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Shuningdek, Afg‘oniston urushida o‘z harbiylik burchini o‘tayotib halok bo‘lgan 1514 nafar jangchi nomlari kiritilgan xotira-kitobining ochilish marosimi o‘tkazilgan edi.

Ilgariroq, Rossiya rasmiy vakilari afg‘on urushida qatnashgan o‘zbekistonlik jangchilarga brilliant va yoqut toshli ordenlar taqdim etgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0