Sport

Oʻzbekistonlik velosipedchi Belgiyada oltin medal yutib oldi

© NOKUzbekskaya velosipedistka zavoyevala zoloto na turnire v Belgii
Uzbekskaya velosipedistka zavoyevala zoloto na turnire v Belgii - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu musobaqada Tokio 2020 olimpiadasida ishtirok etish uchun ballar ham jamlandi.

TOSHKENT, 3 fev - Sputnik. Oʻzbekistonlik velosipedchi Olga Zabelinskaya Belgiyada “International Belgian Track Meeting” trek boʻyicha xalqaro turnirdp oltin medal sohibi boʻldi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi.

“Bugun omnium poygalarida hamyurtimiz Olga Zabelinskaya 192 ochko toʻplab eng yaxshi natijani koʻrsatdi va oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar mos ravishda polshalik Lotte Kopetski va belgiyalik Marta Yaskulskaga nasib etdi”, - deyilgan xabarda.

Musobaqada 15 mamlakatdan 11 ta jamoa qatnashmoqda. Bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi Olga Zabelinskaya, Yekaterina Knebeleva, Murod Xolmurodov kabi sportchilar bilan ishtirok etmoqda.

Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa Tokio 2020 Olimpiya oʻyinlariga reyting ochkolarini taqdim etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader