“Afrosiyob” Jizzaxda to‘xtab o‘tishni boshladi

Obuna bo‘lish
"Toshkent - Buxoro" yo‘nalishida harakatlanuvchi "Afrosiyob" tezurar poyezdi 2-fevraldan boshlab Jizzaxda to‘xtab o‘tishni boshladi.

TOShKENT, 04 fev - Sputnik. "Toshkent - Buxoro" yshnalishida harakatlanuvchi Afrosiyob poyezdi jadvaliga o‘zgartirish kiritildi deb xabar qilmoqda "O‘zbekiston temir yo‘llari".  

“2019 yil 2-fevraldan boshlab,Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanayotgan №762/761 “Afrosiyob” poyezdlari Jizzax vokzalida 2 daqiqa to‘xtashi yo‘lga qo‘yildi”, - deyilgan xabarda.

Shunday qilib, 2-fevraldan boshlab “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishida harakatlanuvchi №762 “Afrosiyob” tezurar poyezdi 07:28da Toshkentdan jo‘nab 08: 54 Jizzaxga, 09:42da Samarqandga, 10:40da Navoiyga hamda 11:19 da Buxoroga yetib boradi.

“Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi №761 “Afrosiyob” poyezdi esa,  Buxorodan  saot 15:50 da jo‘nab, 16:27da Navoiy vokzaliga, 17:20da Samarqand vokzaliga, 18:14 da Jizzaxga  va 19:44 da Toshkent Markaziy vokzaliga kirib keladi.

Ushbu o‘zgarishdan asosiy maqsad, O‘zbekistonda turizmni yanada rivojlantirish, tashrif buyurayotgan sayyohlar hamda investorlarga keng qulayliklar yaratish, qolaversa barcha yo‘lovchilarga sifatli transport hizmatlarini ko‘rsatish, bundan tashqari ko‘p sonli yo‘lovchilarning talab va istaklarini amalga oshirishdir, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0