Germaniyalik onkolog saratondan saqlanishning eng yaxshi uslubini aytdi

© IA "Jaxon"/ Anvar IlyasovMarafon na Olimpiyskom prazdnike v Tashkente
Marafon na Olimpiyskom prazdnike v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tamaki chekishdan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish va ko‘proq harakat qilish  - saraton kasalidan saqlanishning eng yaxshi uslubi.

TOShKENT, 4 fev - Sputnik. Germaniya ilmiy-izlanish onkologiya markazi rahbari (DKFZ) Mixael Baumann aytishga qaraganda, saraton kasalidan saqlanishning eng yaxshi uslubi - tamaki chekishdan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish va ko‘proq harakat qilishdir, RIA Novosti xabariga asosan.   

“To‘g‘ri ovqatlanish va yetarli darajada harakat qilish – saraton kasalini oldini olishning eng yaxshi uslubidir. Yana tamaki chekmaslik! Barcha saraton kasalliklarining 30 % tamaki chekish bilan bog‘liq”, - deydi mutaxassis.

4 fevral - har yili  dunyoda saraton kasaliga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kunning asosiy maqsadi – odamlarga saraton haqida ko‘proq axborot berish, ogohlantirishdir.

Germaniya onkologiya markazi saratondan saqlanish uchun sog‘lom turmush tarzi olib borish, vaksinatsiya qilish hamda saratonni imkon qadar oldinroq aniqlashni maslahat beradi.

Yangiliklar lentasi
0