Tojikistondagi Rossiya harbiy bazasi hududida maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi

© Sputnik / Alexey Kudenko / Mediabankka o‘tishPoligon "Xarbmaydon" v Tadjikistane
Poligon Xarbmaydon v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha, o‘smir metallolom yig‘ish maqsadida poligon hududiga kirgan.

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. 9-chi sinf o‘quvchisi Rossiya harbiy bazasi hududida o‘q-dori portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, 16 yoshli Sirojiddin Rajabov metallolom yig‘ish maqsadida yashirin tarzda poligon hududida kirgan. Maktab o‘quvchisi avval portlamagan o‘q-dori portlab ketishi oqibatida halok bo‘ldi.

Ushbu fojianing boshqa tavsilotlar noma’lum.   

Rossiyaning 201-chi harbiy bazasi Tojikiston hududida joylashgan. Ushbu baza 2004-yilda tashkil etilgan.

Yangiliklar lentasi
0