Aziz Turg‘unboyevning katta mojarosi: besh kishi futboldan chetlashtirildi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFutbolist na pole
Futbolist na pole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir vaqtning o‘zida ikki klub bilan shartnoma imzolashda gumon qilinayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Aziz Turg‘unboyevning mojaroli ishi Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita tomonidan o‘rganib chiqildi.

TOShKENT, 5 fev – Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti futbolchi Aziz Turg‘unboyev va uning atrofidagi voqealar bo‘yicha yakuniy qarorini e’lon qildi.

Futbolniy match mejdu sbornimi Uzbekistana i Avstralii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek futboli yulduzi Osiyo kubogidan so‘ng 10 ming dollar jarimaga tortildi

Xabarda yozilishicha, bir vaqtning o‘zida ikki klub bilan shartnoma imzolashda gumon qilinayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Aziz Turg‘unboyevning mojaroli ishi Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita tomonidan o‘rganib chiqilib, Aziz Turg‘unboyevning milliy terma jamoa futbolchisi ekani, bunday mojaroli ishga birinchi bor aralashib qolayotgani hamda boshqa bir qator omillar hisobga olinib, futbolchiga nisbatan yengilroq jazo tayinlandi.

"Endilikda u 2019-yilning 9-iyul sanasiga qadar futbolga aloqador barcha turdagi faoliyatdan diskvalifikatsiya qilinadi. Mazkur vaqt davomida Turg‘unboyev Superliga hamda Pro-liga “A” klublari bilan shartnoma imzolay olmaydi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, 2018-yilning katta qismida “Navbahor” bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Ilhom Mo‘minjonov futbolga aloqador barcha turdagi faoliyatdan 1-yilga diskvalifikatsiya qilish haqidagi qaror Intizom va odob-ahloq qo‘mitasi tomonidan qabul qilindi. 

“Paxtakor” sport direktori Ja’far Irismetov va “Navbahor” vitse-prezidenti Shamshod Sarikov xatoga yo‘l qo‘yganliklari sababli qo‘mita tomonidan 6 oyga futbolda chetlatdi. Shuningdek, futbol haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lmagan, o‘z vazifasiga noloyiq deb topilgan “Navbahor” bosh direktori Rasul Akromov ham futboldan 6 oy “dam oladi”. U mazkur masalalarni o‘z nazoratiga olmagani, reglament haqida tasavvuri yo‘qligini tan olib o‘tgan.

Ta’kidlanishicha, Aziz Turg‘unboyev bilan tuzilgan har qanday shartnomalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi. Ya’ni, 9-iyulga qadar Turg‘unboyev hech bir klub bilan aloqaga chiqmaydi, ammo shu sanadan e’tiboran erkin agentga aylanadi. Turg‘unboyev bilan kelishish vaqtida hozir bo‘lgan, biroq uning boshiga ish tushgan vaqtda himoya uchun kelmagan futbol agentlari bilan hamkorlik davom etishi yoki etmasligini uning o‘zi hal qiladi.

Qarorning to‘liq matni bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0