Qirg‘izistonlik model bikinida qabristonda suratga tushdi: militsiya tekshiruv boshladi

© pixabayDevushka s fotoapparatom
Devushka s fotoapparatom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fotosuratchining so‘zlariga ko‘ra, bu surat 2008-yilda tasvirga olingan.

TOShKENT, 5 fev – Sputnik. Qirg‘izistonlik model bikinida qabristonda tasvirga olingan foto-suratlar bo‘yicha Issiq-ko‘l ichki ishlar boshqarmasi tekshiruv boshladi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.

Xabarda aytilishicha, bu rasmlar 4-fevral kuni Facebook tarmog‘iga joylashtirilgan.

Hozirgi vaqtda  keng muhokama qilinmoqda, ko‘p mushtariylar bu holat yuzasidan keskin e’tirozlar bildirishmoqda.

Qirg‘izistonda 14 yoshli qizini zo‘rlagan otaga nisbatan jinoiy ish ochildi

Tarmoqqa foto-suratlarni Artur Boljurov joylashtirdi.

Keyinchalik bu rasmlar uchirilib tashlandi. Biroq ayrim foydalanuvchilar ularni ko‘chirib olishga ulgurishdi.

Ayrim OAVlarga ma’lumotlariga ko‘ra, bu suratlar Issiq-ko‘l Kaji-Say qishlog‘ida 2008-yil yoz mavsumida olingan.

Ichki ishlar boshqarmasi ushbu holat yuzasidan tekshiruvni boshladi.

Yangiliklar lentasi
0