O‘zbekistonlik chegara orqali 2,5 kilogramm giyohvand moddasini olib o‘tishga urindi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishSigan-narkotorgoves, zaderjanniy sotrudnikami narkopolitsii
Sigan-narkotorgoves, zaderjanniy sotrudnikami narkopolitsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu holatlar yuzasidan qo‘lga olingan shaxsga nisbatan O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligi doirasida tegishli choralar ko‘rildi.

TOShKENT, 5 fev – Sputnik. Toshkent tumanining chegaraoldi Tutzor aholi punktida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari O‘zbekiston fuqarosini to‘xtatib, shaxsiy tekshuruvdan o‘tkazishganda, uning yonidan umumiy og‘irligi taxminan 2,5 kilogram (1,9 kg. marixuana va 600 gramm nasha) bo‘lgan giyohvand moddalar borligi aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar qildi.

© SGBPogranichnie voyska Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti (SGB) zaderjali krupnuyu partiyu kontrobandi
O‘zbekistonlik chegara orqali 2,5 kilogramm giyohvand moddasini olib o‘tishga urindi - Sputnik O‘zbekiston
Pogranichnie voyska Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti (SGB) zaderjali krupnuyu partiyu kontrobandi

Shu Namangan viloyatida chegara naradi tomonidan yana bir fuqaro to‘xtatilgan.  U o‘zining "Mersedes" rusumli avtomashinasida O‘zbekistonga umumiy qiymati 172 mln.so‘m bo‘lgan 57 ta televizor va 2 ta elektr pechini olib kirgan.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Tojikiston fuqarosi Xolmatov tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy ravishda olib o‘tishga urinish uchun qo‘lga olindi. U noqonuniy tarzda chegaradan umumiy qiymati 100 mln so‘m bo‘lgan tamaki mahsulotlarini (9,6 ming quti sigaret) olib o‘tishga uringan.

© SGBPogranichnie voyska Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti (SGB) zaderjali krupnuyu partiyu kontrobandi
O‘zbekistonlik chegara orqali 2,5 kilogramm giyohvand moddasini olib o‘tishga urindi - Sputnik O‘zbekiston
Pogranichnie voyska Slujbi gosudarstvennoy bezopasnosti (SGB) zaderjali krupnuyu partiyu kontrobandi

Ushbu holatlar yuzasidan qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligi doirasida tegishli choralar ko‘rildi.

Yangiliklar lentasi
0