Xatiko 2: Emiliano Salani kutayotgan vafodor itning ta’sirli surati e’lon qilindi

© AFP 2019 / LOIC VENANCEEmiliano Sala
Emiliano Sala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Argentinalik futbolchining singlisi Romaniya Facebook᾽dagi sahifasida Nala laqabli it suratini joylashtirdi.

TOShKENT, 06 fev – Sputnik. La-Mansh bo‘g‘ozi ustidan uchib o‘tayotib, halokatga uchragan argentinalik futbolchi Emiliano Salaning singlisi xo‘jayinini kutayotgan itning yurakni ezadigan suratini e’lon qildi.

Futbolchining singlisi Romaniya Facebook᾽dagi sahifasida Nala laqabli it suratini joylashtirib, quyidagi so‘zlari yozib qoldirdi: “Nala seni kutmoqda”.

Suratda futbolchining vafodor iti oynali eshik oldida o‘tiribdi. U xo‘jayinining paydo bo‘lishi kutib, olislarga termuladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Kardiff” klubining argentinalik hujumchisi Emiliano Sala uchgan samolyot halokatga uchragan joy La-Mansh bo‘g‘ozida halok bo‘lgan kishining tanasi topilgani haqida xabar qilgan edik. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, tananing kimga tegishli ekanligi ekspertiza xulosasidan keyin oshkor qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0