Dunyoda

Tolibon: AQSH aprel oyigacha Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarining yarimini olib ketishga vaʼda berdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
“Tolibon” harakati vakili Muallavi Xanafiyning soʻzlariga koʻra, AQSH aprel oyigacha Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarining teng yarimini olib chiqib ketishga vaʼda berdi.

TOSHKENT, 6 fev – Sputnik. Muzokaralar davomida AQSH aprel oyigacha Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarining teng yarimini olib chiqib ketishga vaʼda berdi. “Tolibon” harakati vakili Muallavi Abdusalam Xanafi maʼlum qildi.  

“Ha, amerikaliklar bizga AQSH fevral oyidan boshlab, aprel oyiga qadar Afgʻonistondan oʻz harbiylarining teng yarmini olib chiqib ketishini aytishdi”, - dedi jurnalistlarga Tolibon delegatsiyasi vakili Moskvada oʻtkazilgan anjumanda.

Na ulitse Kabula - Sputnik Oʻzbekiston
Toliblarga koʻra, Afgʻonistonning keyingi hukumati islomiy boʻladi

"Tolibon" harakati vakilining soʻzlariga koʻra, tomonlar AQSH harbiylari Afgʻonistonni tark etgach mamlakatda islom hukumati, islom konstitutsiyasini shakllantirishga rozilik bildirganlar.

2001 yildan berish Afgʻonistonda AQSH oʻz qoʻshinlarini joylashtirgan. Ular shu yerda “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi va “Tolibon” harakatiga qarshi operatsiyalarni oʻtkazishmoqda.

Yanvar yakunida AQSH prezidenti Donald Tramp agar mamlakatda vaziyatni tartibga solish boʻyicha tinchlik kelishuvlariga erishilsa AQSH oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketishga tayyor ekanligini maʼlum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0