Toshkent markazida etnografik shaharcha barpo etiladi

© Uzbekiston temir yullariV sentre Tashkenta poyavitsya etnogorodok
V sentre Tashkenta poyavitsya etnogorodok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent markazida har bir viloyat aholisining o‘ziga xos urf-odatlarini aks ettiruvchi etnografik shaharcha barpo etiladi

TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Toshkent markazida har bir viloyat aholisining o‘ziga xos urf-odatlarini aks ettiruvchi etnografik shaharcha barpo etiladi, deb xabar qildi “O‘zbekiston temir yo‘llari”.

Xabarda yozilishicha, ushbu shaharcha Navro‘z” madaniyat va istirohat bog‘ida qad rostlaydi. Bog‘ uchun 32 gektar yer ajratilgan.

“Har bir viloyat aholisining o‘ziga xos urf-odatlari, yashash tarzi, milliy hunarmandchilik, pazandachilik an’analarini aks ettiruvchi uylar va ustaxonalar, ayvonu choyxonalar qad rostlaydi. Muxtasar aytganda, bog‘ o‘zida ma’naviyatimiz, milliy qadriyatlarimizni aks ettirgan etnografik shaharcha sifatida barpo etiladi”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, milliylik va zamonaviylik ruhini o‘zida mujassam etgan ushbu bog‘ ochiq osmon ostida joylashgan haqiqiy muzey sifatida mamlakat aholisi hamda sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otadi.

Shavkat Mirziyoyev v Tashkent city - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Tashkent City biznes markazi qurilishini ko‘zdan kechirdi

Mazkur bog‘da ommaviy sayllar, konsertlar tashkil etilib, mamlakat aholisi, xususan, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, Mustaqillik, Navro‘z kabi bayramlar shu yerda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

“Navro‘z” madaniyat va istirohat bog‘ini barpo etish vazifasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” unitar korxonasi quruvchilariga topshirilgan. Ayni paytda bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgan. Yil oxiriga qadar qurib, aholi foydalanishi uchun topshirilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0