O‘zbekistonda 2022-yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

Obuna bo‘lish
2019 yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqarib Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kerak.

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. O‘zbekistonda 2022-yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Bu haqida bugun e’lon qilingan prezident farmonida aytib o‘tilgan.

Shavkat Mirziyoyev imzolagan yangi farmonda aytilishiga ko‘ra, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilmagan.

“Aholi soniga, yosh-jins tarkibiga keskin ta’sir ko‘rsatgan o‘zgarishlar, respublika hududidagi aholi joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik o‘ziga xosliklar aholining joriy hisobiga oid mavjud ma’lumotlarni qo‘llashni sezilarli darajada cheklamoqda”, - deyilgan xabarda.

Farmonda aytilishiga ko‘ra, yetakchi xalqaro tashkilotlar, xususan BMT ham 2015-yilda “2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” nomli rezolyutsiyasini ishlab chiqqan va barcha davlatlarga uni o‘tkazishni iat’iy tavsiya etgan.

2019 yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqarib Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kerak. Uni Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar birgalikda ishlab chiqishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0