Braziliyalik senatorning ochiq libosi keskin tanqidga uchradi - foto

© Instagram / deputadapaulinhaBrazilskiy senator Ana Paula da Silva
Brazilskiy senator Ana Paula da Silva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senatorning qizil rangli kostumi va dekoltesi ko‘plab mushtarishlarni shok holatiga soldi.

TOShKENT, 7 fev – Sputnik. Braziliyalik senator Ana Paula da Silva lavozimga kirishish munosabati bilan o‘tkazilgan qasamod marosimiga juda ochiq libosda keldi.

Siyosatchining tashqi ko‘rinishi internetda katta shov-shuvga aylandi.

Uning qizil rangli kostumi va ochiq dekoltesi ko‘plab mushtariylarni shok holatiga soldi. Ularning fikrlari ikki tomonga bo‘lindi: ayrimlar yangi senatorning tashqi ko‘rinishini chiroyli ekanligini bildirishsa, qolganlar siyosatchini tanqid qilishdi.

“U nima kiyishi emas, nima ish qilishi muhim” – deb izoh yozgan wearer_of_boxers nikli foydalanuvchi.

Boshqa foydalanuvchi esa “samarali, jozibali siyosatchi – bu juda yaxshi bonus”, - deb yozgan.

“Jinoyat qilsa, uni qo‘lga olib bo‘lmaydi, chunki uning yuziga hech kim qaramagan”, - deb hazil izoh yozgan BiboFieto.

Braziliya OAVlari, aksincha, senatorni keskin tanqid qilishdi.

Senator Paulinya o‘zi bu holatni “Mening libosim – ayollar tanlash erkinligi haqida  erkaklarga eslatma berishdan boshqa narsa emas” deya izohlagan.

Yangiliklar lentasi
0