Dunyoda

Super Ferrari avtomobili 4,3 million yevroga sotildi

© Foto : Sotheby’sRedkiy gonochnыy Ferrari 1987 goda prodali na auktsione za 4,3 milliona yevro
Redkiy gonochnыy Ferrari 1987 goda prodali na auktsione za 4,3 milliona yevro - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
1987 yilda ishlab chiqarilgan noyob poyga Ferrari avtomobili 4,3 million yevroga sotildi.

TOSHKENT, 7 fev – Sputnik. Parijda Sotheby’s auktsionida 1987 yilda ishlab chiqarilgan super retro Ferrari F40 LM avtomobili sotildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Ushbu savdolar har yili retro avtomobillar salon koʻrgazmasida oʻtkazildi.

Ushbu auktsionga jami 90 ta lot qoʻyilgan. Ular ichida turli yillarda ishlab chiqarilgan Ferrari, Porsche, BMW, Bugatti avtomobillari bor.

Sborka avtomobiley na konveyere svarochnogo tsexa - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Qozogʻiston oʻz avtomobil markasini yaratishga kirishdi

Poyga Ferrari avtomobilining narxi 4,3 million yevro deb baholandi.

Ushbu superkar Michelotto kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. U 1995-1996 yillarda ikki marta mashhur “Le-Mana 24 soat” poygalarida qatnashdi. 1995 yilda Anderstorp 4 Hours poygasida gʻolib boʻldi.

Shu bilan birga, 1966 yilda ishlab chiqarilgan Ferrari 275 Gtb/6 C avtomobili 2,9 million yevro va Porsche 550 RS Spyder 2,7 million yevroga sotildi.

Yangiliklar lentasi
0