TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. Olimlar televizorni oʻtirgan holda meʼyoridan ortiq tomosha qilish 50 yoshgacha boʻlgan insonlarda ichak saratoni xastaligini keltirib chiqarish mumkinligini aniqlashdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Xabarda yozilishicha, mutaxassislar hamshiralar salomatligi boʻyicha olib borilgan tadqiqotlarning ikkinchi bosqichi natijalarini - AQShda 1989 yilda asosiy surunkali xastaliklarni keltirib chiqaruvchi xavfli omillar haqida toʻplangan eng yirik maʼlumotlar jamlanmasini tahlil qilishadi.
Pishgan guruchni uzoq saqlash sogʻliq uchun xavfli boʻlishi mumkin
Olimlarni ishtirokchilarning oʻtirgan holda tomosha qilish jihatiga, xususan, ular televizor qarshisida qancha vaqt sarflaganiga alohida eʼtibor qaratishadi.
Taʼkidlanishicha, ekspertlar ichak saratonining erta rivojlanishiga oid 118 ta holatni oʻrganib chiqib, kuniga televizor qarshisida kamida 1 soatdan oʻtirgan kishilarda xastalikka chalinish xavfi 12 foiz boʻlganini aniqlashdi. Ikki soatdan ziyod vaqtini televizor qarshisida oʻtkazgan ishtirokchilar orasida esa ushbu xavf 70 foizdan ortiq boʻlganligi maʼlum boʻladi.
Olimlar miyani yoshartirish usulini topishdi
Olimlar fikriga koʻra, maʼlum boʻlgan qonuniylik vazn yoki ishtirokchilarning jismoniy faolligiga bogʻliq emas. Shuningdek, genetika moyillik omili sabab boʻlmagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq olimlar koʻpikli ichimlik - pivoning oʻta xavfli zararini aniqlaganlari haqida xabar qilgan edik.