Abduxalimov Alisher Usmonov sovg‘a qilgan nodir kitoblar taqdiri haqida gapirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVitse-prezident Akademii nauk Uzbekistana Baxrom Abduxalimov
Vitse-prezident Akademii nauk Uzbekistana Baxrom Abduxalimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kunlarda Toshkent shahriga sakkiz million dollarlik noyob kitoblar kolleksiyasi olib kelingan edi

TOShKENT, 8 fev – Sputnik. O‘zbekistonda Alisher Usmonov tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga sovg‘a qilingan kamob nodir kitoblarning elektron nusxalari yaratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasivitse-prezidenti Bahrom Abduxalimov Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Festival Korana - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov taqdim etgan noyob kitoblar Toshkentga yetib keldi

Kolleksiyadagi kitoblar soni 4913 dona bo‘lib, ular lotin, ingliz, fransuz va nemis tillaridagi ilmiy adabiyotlardir. Adabiyotlar orasida XIII asrdan boshlab chop etilgan nodir nashrlardan to hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarigacha bo‘lgan kitoblar bor. Sharqshunoslik va islom dunyosining Yevropaga ta’siri haqidagi ushbu nodir kitoblarning umumiy qiymati sakkiz million dollarga baholanmoqda.

"Kitoblar faqat ulardan foydalanilgan taqdirda qiymatga ega bo‘ladi. Bizning ffikrimizcha, ularning skaner qilingan versiyalarini yaratib, veb-saytda e’lon qilgan ma’qul", - dedi Abduxalimov.

Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi yakuniga yetmagunga qadar, o‘zbek olimlari dunyodagi istalgan sharqshunos foydalana olishi uchun kutubxonaning elektron katalogini yaratishni rejalashtirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0