O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi

© Sputnik / StringerTashkentskie dorogi, prolivnoy dojd.
Tashkentskie dorogi, prolivnoy dojd. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda havo o‘zgarib, 10 va 12-fevralda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 11 va 13-fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

TOShKENT, 8 fev – Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati markazi 10-13 fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘ladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Zima v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga qor va 17 daraja sovuq kelmoqda

QORAQALPOG‘ISTON

Havo o‘zgarib turadi, 10 va 13-fevralda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 11-12 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12 fevralda kechasi 2  daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 13-fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, 10-fevralda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 11 va 13-fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 12-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 fevralda 0-5 daraja iliq, 12-13 fevralda 2-7 daraja iliq, kunduzi 10 va 12-fevralda 10-15 daraja iliq, 11 va 13-fevralda 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, Sirdaryo VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, 10 va 12-fevralda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 11 va 13-fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 fevralda 0-5 daraja iliq, 12-13 fevralda 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 12-fevralda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo VA Surxondaryo VILOYaTLARI

Snegopad v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Yangi yil oqshomida nega qor yog‘mayapti? Sinoptiklar javobi

Havo o‘zgarib turadi, 10 va 12-fevralda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 11 va 13-fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 va 13-fevralda 2-7 daraja iliq, 11-12 fevralda 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 12-fevralda 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, 10 va 12-fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 11-fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-fevralda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 11-13 fevralda 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 10-11 fevralda qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-fevralda 0-5 daraja iliq, 11-13 fevralda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0