Ochilboy Ramatov rahbarlik qiladigan vazirlik tashkil etildi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida Transport vazirligi tashkil etildi.

TOShKENT, 8 fev – Sputnik. Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin na neformalnom sammite SNG - Sputnik O‘zbekiston
Savdo, transport va xavfsizlik: Mirziyoyev MDH yetakchilari bilan nimalarni muhokama qildi

Farmon bilan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi.

Vazirlik avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Quyidagilar vazirlikka o‘tkazildi:

- Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi;

Voditel furi na tamojennom postu v Chernyaxovske. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston orqali Xitoydan Afg‘onistonga yangi transport koridori ochildi

- Fuqaro aviatsiyasi agentligi;

- Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi;

- Hukumat huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi;

- Favqulodda vaziyatlar vazirligining O‘zbekiston kemachilik registri;

- Hukumat huzuridagi “O‘zaeronavigatsiya” markazi.

Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti tugatildi.

Quyidagi vazifa, funksiya va vakolatlar Vazirlikka o‘tkazildi:

- kemalarni ro‘yxatga olish, qurish, foydalanish, qayta jihozlash va ta’mirlashga guvohnomalar berish;

Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Belgilanmagan asoslar bo‘yicha transport vositalarini to‘xtatib tekshirish taqiqlandi

- temir yo‘l transportini rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqish, temir yo‘l transporti istiqbolli prognozlari, rivojlantirish va obyektlarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish;

- temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish sohasida tarif va tranzit siyosatni amalga oshirish;

- sanoat korxonalari harakatdagi tarkiblarining umumiy foydalanishdagi temir yo‘llariga chiqishi uchun ruxsatnomalar berish.

Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi tashkil etildi.

“Transport to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasida 2025-yilgacha transportni rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, Ochilboy Ramatov Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri sifatida tayinlangandi.

Yangiliklar lentasi
0