Samarqandda qariyb 243 mln so‘mlik dori-darmon vositalarini o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMedikamenti i kaska s xolostimi patronami
Medikamenti i kaska s xolostimi patronami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand shahrida 129 turdagi dori-darmon vositalari o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi.

TOShKENT, 8 fev – Sputnik. Samarqand shahrida dori-darmon vositalarini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Sbor xlopka  - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda sara urug‘lik chigitlarga zararkunandalar tushdi: tergov boshlandi

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida yashovchi A.T. IIBga murojaat qilib, shu yil 25-yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Beruniy ko‘chasida joylashgan korxona omborxonasidan umumiy qiymati 242 952 533 so‘mlik, 129 turdagi dori-darmon vositalarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jomboy tumani Xashdala ko‘chasida yashovchi A.A. va Muqimiy 7-berk ko‘chasida yashovchi Z.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan”, - deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0