So‘nggi umid so‘ndi: jasad futbolchi Emiliano Salaniki ekanligi tasdiqlandi

© twitter.com/FCNantesPlakat v chest propavshego futbolista Emiliano Sala
Plakat v chest propavshego futbolista Emiliano Sala - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiya terma jamoasi va “PSJ” klubining hujumchisi Kilian Mbappe o‘zining Instagram sahifasida “Joying jannatda bo‘lsin” degan post e’lon qildi.

TOShKENT, 8 fev – Sputnik. Britaniyaning Dorset grafligi politsiyasi “Kardiff” klubining argentinalik hujumchisi Emiliano Sala halokatga uchragan samolyot bo‘laklari ichidan topilgan jasad futbolchiga tegishli ekanligini tasdiqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Samolyot dushanba kuni La-Mansh bo‘g‘ozida topilgan edi.

Futbolchining qarindoshlariga ekspertiza natijalari haqida xabar qilindi. Uchuvchi Devid Ibbotsonning jasadi hozircha topilgani yo‘q.

Fojia tafsilotlarini tekshirish davom etmoqda.

Jahon futboli yulduzlari Emiliano Sala oilasiga hamdardlik bildirishmoqda. Fransiya terma jamoasi va “PSJ” klubining hujumchisi Kilian Mbappe o‘zining Instagram sahifasida “Joying jannatda bo‘lsin” degan post e’lon qildi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Kylian Mbappé (@k.mbappe)

Yangiliklar lentasi
0