Farg‘onalik ayol yangi tug‘ilgan qizini 400 dollarga sotib yubordi

Obuna bo‘lish
Kichkintoyni sotgach, ayol Surxondaryo viloyatidan Toshkentga ketishga harakat qilgan

TOShKENT, 9 fevr - Sputnik. Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida huquqni muhofaza qilish organi xodimlari yangi tug‘ilgan qizini 3 million besh yuz ming so‘mga pullagan farg‘onalik ayolni qo‘lga olishdi.

Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan o‘zga xech kim, hech nima kerak emas edi

O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, ayol chaqalog‘ini 26-yanvarda sotgan va Toshkentga ketishga chog‘lanayotganida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sal oldin Toshkentda o‘z farzandini 300 dollarga sotayogan ota-ona qo‘lga olingandi. Ungacha besh yashar farzandini 15 million so‘mga sotayotganda hibsga olingan fuqaro haqida xabar bergan edik.

O‘tgan yil dekabr oyida esa Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida huquqni muhofaza qilish organlari bir yashar farzandini sotishga uringan jinoyatchini qo‘lga olishgan edi. Ushbu holat yuzasidan ham jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston jinoyat kodeksi 135 moddasiga muvofiq, odam savdosi bo‘yicha 3-yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Yangiliklar lentasi
0