Amerika oq kapalagi – xavfli zararkunanda

© pestnews.ruAmerikanskaya belaya babochka
Amerikanskaya belaya babochka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zingiz yashaydigan hududda notanish xashoratning paydo bo‘lganini ko‘rsangiz, zudlik bilan karantin inspeksiyasiga xabar bering.

TOShKENT,  11 fev – Sputnik. Amerika oq kapalagi – o‘ta xavfli zararkunanda, deb ogohlantirmoqda Qoraqalpog‘istonning "Taxiatosh xabarlari" nashri.

SShA peredayut Respublike Uzbekistan oborudovanie po uskorennoy diagnostike tuberkuleza - Sputnik O‘zbekiston
Amerika O‘zbekistonga silni tezkor aniqlash laboratoriya uskunalarini taqdim etdi

Ko‘rinishi oppoq va yumshoq bo‘lsada, ushbu hashorat qishloq xo‘jaligiga juda katta zarar yetkazishi mumkin. U ayniqsa mevali daraxtlarni yaxshi ko‘radi. Tut, olma, nok, o‘rik, gilos, yong‘oq, behi va boshqa 300 ga yaqin mevali hamda manzarali daraxtlar.

Bu hashoratning asl vatani Shimoliy Amerika hisoblanadi. Yevropa mamlakatlariga 1936-yilda o‘tib, Avstriya, Bolgariya, Vengriya, Ruminiya va boshqa davlatlarda, keyinchalik esa Yaponiyada ham paydo bo‘lgan. Amerika oq kapalagi 1952-yilda Ukrainaning Zakarpat (Karpat orti) o‘lkasida paydo bo‘ldi. 1966-yilda Moldaviya xududiga o‘tgani qayd qilindi. Tez orada Shimoliy Kavkaz, Volga bo‘yi va Kaspiy dengizining g‘arbiy qirg‘og‘idagi viloyatlarga tarqaldi. 

“Hozir zararkunanda hashoratning Markaziy Osiyoga o‘tishi, birinchi navbatda Turkmaniston va O‘zbekistonga tarqalishi xavfi kutilmoqda”, -deb yozadi nashr.

O‘zbekistonga, qolaversa, mintaqadagi davlatlarning qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, ipakchilik sohasi va bog‘dorchilikka katta zarar yetkazish ehtimoli bor. Bu hashorat bizning iqlim sharoitimizga tez ko‘nikib va moslashib ketishi bilan ham xavflidir. 

Provedenie issledovaniya v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQShning sobiq SSSR davlatlaridagi tibbiy-biologik faolligidan tashvishlanmoqda

Kapalakning tashqi ko‘rinishi oq rangda bo‘lib, ipakdek tovlanib turadi. 8-10 kun hayot kechiradi. Tuxumi shorsimon, ko‘kimtir rangda bo‘ladi. Kapalak daraxt barglari ostki tomoniga bir qator qilib, 300-500 tadan ortiq tuxum qo‘yadi. Tuxumning ustidan tukchalar bilan o‘raydi. Qurtlari 35-45 kun yashaydi. Yetilgan qurtlar daraxt po‘stloqlari ostida va to‘kilgan barglar orasida, yupqa pilla ichida g‘umbak ka aylanadi hamda g‘umbak davrida qishlab chiqadi. 

Ushbu xavfli zararkunandaning mamlakatimiz xududiga kirib kelmasligi uchun zarur karantin choralarini ko‘rish talab etiladi. Sababi bu davlat ahamiyatiga molik muhim tadbir hisoblanadi. Agar, siz yashaydigan hududda notanish zararli xashoratning paydo bo‘lishi aniqlansa, zudlik bilan karantin inspeksiyasiga xabar berishingizni iltimos etamiz.

Yangiliklar lentasi
0