Moskvada FSB podpolkovniki kaltaklandi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishAntiterroristicheskie ucheniya spesnaza UFSB i UMVD Rossii
Antiterroristicheskie ucheniya spesnaza UFSB i UMVD Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva markazida noma’lum shaxslar Rossiya FXX (FSB) podpolkovnikini kaltaklashdi.

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Moskva markazida noma’lum shaxslar Rossiya FXX (FSB) podpolkovnikining xizmat mashinasiga butilka otishdi va so‘ngra uni do‘pposlashdi. Bu haqda RIA Novosti qurolli kuchlardagi manbasiga asoslanib xabar qilmoqda.

Devushka. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Ostonada juda ochiq libos kiygan deputat kaltaklandi - foto

Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilinishicha, avtomobil tashqarini kuzatishga mo‘ljallangan bo‘lgan.

“Yakshanba kuni Moskva markazida noma’lum shaxslar Rossiya FXX “K” boshqarmasining o‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta vakolatli xodimi, podpolkovnik boshqaruvi ostidagi “Skoda” xizmat mashinasiga butilka otishdi”, - deya ma’lum qiladi agentlikka suhbatdosh.

Shundan so‘ng noma’lum shaxslar ofitserni kaltaklab, qochib ketishadi. Jarohat jiddiy bo‘lmaganligi sababli uning tibbiy yordamga muhtojligi bo‘lmagan, deya ma’lum qilgan manba.

Hodisa sabablari aniqlashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, RIA Novosti ushbu xabarning rasmiy tasdig‘iga ega emas.

Yangiliklar lentasi
0