O‘zbekistonga noqonuniy sotilgan insulin: Qozog‘istonda tekshiruv boshlandi

© Sputnik / Igor ZaremboJenshina pokupayet lekarstva v apteke
Jenshina pokupayet lekarstva v apteke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurash milliy buro ichki tekshiruvlarni boshlashdi.

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekistonga insulin noqonuniy sotilishi holati bo‘yicha tekshiruv boshladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash qo‘mitasi vakili Lyudmila Burabekova ma’lum qildi. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.

“Ha, biz Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga murojaat qildik. Ular mustaqil ravishda ushbu preparatni tashqariga olib chiqib ketilishi holati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishmoqda. Haqiqatdan ham, bu dorilar 2018-yilda bepul tibbiy yordam berish maqsadida “Farmatsiya” kompaniyasi tomondan harid qilingandi”, - dedi Burabekova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurash milliy buro ichki tekshiruvlarni boshlashdi.

Tekshiruv natijalari haqida qo‘shimcha axborot beriladi.

Na musulmanskom kladbishe v Dushanbe. - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istondagi qabristonda o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

2019 yilda yanvar oyida insulin Qozog‘istondan chet elga chiqib ketganligi ma’lum bo‘ldi. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga so‘rovnoma yubordi.

Bundan avval qozog‘istonlik  qandli diabet bilan kasallangan fuqarolar dori yetishmayotganligi haqida shikoyat qilishgan.

2018 yil boshidan Uralsk farzandlari qandli diabet bilan kasallangan bolalarning onalari insulin dorisi yetkazib berilishida muammolar haqida murojaat qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetishmayotgan dorilarni “qora” bozordan sotib olishga majbur bo‘lishgan.

Viloyat sog‘liqni saqlash idorasi rahbariyati bu muammoni rad etishdi. Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi teshiruv o‘tkazishga qaror qildi.

Yangiliklar lentasi
0