Ot sporti federatsiyasiga yangi rais tayinlandi

© NOK UzbekistanaFeruz Abdullayev
Feruz Abdullayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandlik tadbirkor Ot sporti federatsiyasi raisi etib saylandi.

TOShKENT, 12 fev – Sputnik. O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga yangi rais tayinlandi, deb xabar qilmoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

11 fevral kuni MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan majlisda Abdullayev Feruz Tal’atovich nomzodi taklif etildi va  ishtirokchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Umid Ahmadjonov O‘zbekiston jamoasi 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan Tokio Olimpiadasida ot sporti bo‘yicha ham ishtirok etishiga umid bildirdi.

“Bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu sport men uchun begona emas. Mamlakatimizda ot sporti so‘nggi 5-6 yilda rivojlandi deya olaman. Nasib qilsa, birgalikda harakat qilamiz va mazkur sport turini yanada rivojlantiramiz. Boshqa viloyatlarda ham ot sporti yo‘nalishlarini kuchaytiramiz”, – dedi Feruz Abdullayev.

Ma’lumot uchun, Feruz Abdullayev 1976-yilda Samarqandda tavallud topgan. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ot sporti federatsiyasi 2017-yilda prezdent Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilingan edi. Federatsiya raisi lavozimida 2017-yildan buyon Zoir Mirzayev ishlab kelayotgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0