YTH: ayol kishini urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

© Fotolia / Jan H. AndersenMertviy chelovek na asfalte
Mertviy chelovek na asfalte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Piyoda o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda.

TOShKENT, 12 fev – Sputnik. Piyoda o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Noviy dizayn avtomobiley GUVD Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda o‘quvchi qiz kaltaklanishi holati bo‘yicha surishtiruv boshlandi

Xabarda aytilishicha, 11-fevral kuni Namangan viloyatining Chust tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada bir kishi halok bo‘ldi.

Hozircha shaxsi noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinada Chust tumani “Zarafshon” MFY hududidan o‘tuvchi yo‘lining 41-km.da piyoda, “Mirzaobod” MFYda yashagan 35 yoshli O‘.T. ismli ayolni urib yuborgan.

YTH yuz bergach, voqeadan joyidan qochib ketgan.

Natijada O‘.T. jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

“Hurmatli fuqarolar, agar orangizda kimda-kim ushbu shaxs va avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlarining xodimlariga yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0