Dunyoda

Gorbachev: AQSH mutlaq ustunlikka erishib barchaga oʻz hukmini oʻtkazmoqchi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishPrezentatsiya knigi M. Gorbacheva "Ostayus optimistom" v Moskovskom Dome Knigi
Prezentatsiya knigi M. Gorbacheva Ostayus optimistom v Moskovskom Dome Knigi - Sputnik Oʻzbekiston
Mixail Gorbachev AQShning yaqin va oʻrta masofa raketalari shartnomasidan chiqishi haqidagi qaroriga izoh berdi.

TOSHKENT, 13 fev – Sputnik. Sovet Ittifoqining sobiq prezidenti Mixail Gorbachev AQShning Yaqin va oʻrta masofa raketalari haqidagi shartnomadan chiqish haqidagi qarorini tanqid qildi, deb yozmoqda RIA Novosti “Vedomosti” gazetasiga asosan.

Eslatib oʻtamiz, ushbu shartnoma Mixail Gorbachev va Ronald Reygan tomonidan 1987 yilning dekabrida imzolangan edi. Donald Tramp 2 fevraldan boshlab AQSH ushbu shartnomadan chiqishini eʼlon qildi.

“AQShning ushbu qadami ortida ular roʻkach qilayotgan sabablar emas, barcha cheklovlardan ozod boʻlib, mutlaq harbiy ustunlikka erishish va dunyoga oʻz hukmini oʻtkazish niyati yotadi”, - dedi Gorbachev.

Sobiq SSSR prezidenti fikriga koʻra, AQShning bunday intilishi, aslida, dunyo xavfsizligiga putr yetkazib,  noaniq siyosiy vaziyat va mutlaq qarama-qarshi natijaga olib kelishi mumkin. Oqibatda barcha mamlakatlar, jumladan AQSH ham zarar koʻradi.

Undan tashqari, AQSH ichida bugungi kunda mavjud boʻlgan partiyalararo nizolar, Moskva bilan barcha sohalarda, jumladan yadroviy qurol sohasida ham muloqotni toʻxtatishga olib kelmoqda. Gorbachev AQShni ichki nizolarni yengib oʻtish va Moskva bilan dialogni davom ettirishga chaqirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning Yaqin va oʻrta masofa raketalari haqidagi shartnomadan chiqishi haqidagi qaroriga javoban Moskva yangi qurol-yarogʻ poygasiga kirishmasdan AQShning  hatti-harakatlariga mos ravishda javob qaytarishga vaʼda berdi.

© WikipediaGorbachev va Reygan yaqin va oʻrta masofa raketalari haqidagi shartnomani imzolashmoqda. Vashington, 1987 yil.
Gorbachev: AQSH mutlaq ustunlikka erishib barchaga oʻz hukmini oʻtkazmoqchi - Sputnik Oʻzbekiston
Gorbachev va Reygan yaqin va oʻrta masofa raketalari haqidagi shartnomani imzolashmoqda. Vashington, 1987 yil.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala